Xitoy Mudofaa vaziri Belarusga bordi
Olam
−
17 avgust 2023
4501Kecha, 16 avgust kuni Minskka borgan Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu belaruslik mavqedoshi Viktor Xrenin bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.
Uchrashuv Minskdagi Markaziy ofitserlar uyida bo‘lib o‘tgan. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalardagi ikki tomonlama harbiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.
Xrenin Belarus va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik va o‘zaro hurmat asosida qurilganini ta’kidlagan.
“Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, balki butun dunyoda barqarorlik tayanchlaridan biri bo‘lgan XXR manfaatlarining ishonchli himoyachisidir. Sizga, shuningdek, barcha harbiy xizmatchilarga omad, tinch osmon, farovonlik, muvaffaqiyat hamda buyuk Xitoy va Xitoy xalqi manfaati uchun yangi yutuqlar tilayman. Qayd etishni istardimki, joriy yil Xitoy uchun muhim voqea va davlatning zamonaviy tarixidagi yangi bosqichlarga erishgani nishonlandi. Gap Xitoyning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash va Xitoy xalqining kuchli yetakchisi – XXR raisi Si Szinpin atrofida birlashishini ta’kidlagan “ikki sessiya”ning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi haqida bormoqda”, degan Xrenin.
Li Shanfu esa Xitoy-Belarus hamkorligi izchil rivojlanib, oldinga siljiyotganini aytgan.
Ma’lumot uchun, Li Shanfu oldinroq Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasida qatnashgan va u yerda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muzokara o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasida Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin ham qatnashgan edi.
LiveBarchasi