Xitoy Marsga nega parvoz qilmoqchi bo‘lgani oydinlashdi

Texnologiya

image

Xitoyning Marsni tadqiq qilish bo‘yicha birinchi missiyasi "Tyanven-1" (“Osmonga savollar”) deb nomlanadi. Bu haqda Xitoy Milliy fazo boshqarmasi xabar bermoqda.

"Tyanven" - bu buyuk Xitoy shoiri Say Yuanning asari nomi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu nomni tanlash Xitoy millatining haqiqatni izlab topishga intilishining ramzi, shuningdek, tabiat va koinotni o‘rganishda madaniy merosni aks ettiradi.

Marsga birinchi Xitoy tadqiqot missiyasi uchun xalqaro nom tanlash tanlovi 2016 yil avgust oyining oxirida boshlandi. Tanlov tashkilotchilariga jami 36 mingga yaqin ariza kelib tushdi. Avvalroq, maxsus hay’at va onlayn ovoz berish natijasida sakkizta yakuniy ismlar ro‘yxati tanlab olindi. G‘olib bugun, 24 aprelda, Xitoyda kosmonavtika kuni nishonlanadigan kunda e’lon qilindi.

Rejalashtirilgan vazifa Mars orbitasiga chiqish va aylanish, Qizil sayyora yuzasiga qo‘nish va harakatlanishni o‘z ichiga oladi. Agar topshiriq muvaffaqiyatli bajarilsa, xitoylik olimlarda atmosferani, yerni, geologik xususiyatlarni va Yer sayyorasining magnit maydoni xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, missiyaning asosiy maqsadi - Marsda hayotiy belgilarni topish, shuningdek, qizil sayyora inson uchun “ikkinchi Vatan” bo‘la olishini aniqlashtirishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Mars

Baholaganlar

391

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing