Xitoy ko‘mir konida portlash: 82 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Xitoy shimolida joylashgan ko‘mir konida kecha, 22 may kuni yuz bergan portlash oqibatida 82 kishi halok bo‘ldi, yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shansi provinsiyasidagi Tongzhou Groupga qarashli Liushenyu ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida kon ichida jami 247 nafar ishchi bo‘lgan.

Portlash mahalliy vaqt bilan kecha, 22 may kuni soat 19:29 da yuz bergan. Ayni paytda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Xitoy Xalq Raisi Si Szinpin hodisa yuzasidan zudlik bilan chora ko‘rishni, jabrlanganlarga yordam berish hamda bedarak yo‘qolganlarni qidirishni topshirgan. Shuningdek, u voqea sabablari to‘liq o‘rganilib, aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Stavropol o‘lkasi hududiga hujum qilishi oqibatida Nevinnomissk shahridagi “Azot” kimyo zavodi yaqinida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Keyin esa zavod hududida yong‘in chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy portlash ko'mir kon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing