Xitoy kosmosga chiptalar sotishni boshladi
Olam
−
28 Oktabr
5258Xitoyning Deep Blue Aerospace kosmik startapi 2027 yilda yo‘lovchilarni kosmosga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Phys”nashri xabar berdi.
Kompaniya 2027 yilga rejalashtirilgan tijorat kosmik parvozi uchun hozircha ikkita chipta sotmoqchiligini e’lon qilgan.
“Chiptalar 1,5 million yuan (211 ming dollar) turadi va yo‘lovchilar uchun besh daqiqa tortishish kuchini boshdan kechiradigan suborbital reysdagi o‘rindiqlar mo‘ljallangan”, deyiladi xabarda.
Mijozlar chiptalarni olish uchun 50 000 yuan (70 ming dollar) lik depozit to‘lashlari kerak.
Manbaga ko‘ra, Xitoy firmasi birinchi marta kosmik turizm uchun chiptalarni ommaviy sotuvga qo‘ygan.
Deep Blue Aerospace Xitoy tijorat kosmik firmalarining avangardlaridan biri bo‘lib, Pekinning kosmik fazoga bo‘lgan ulkan rejalarini ishlab chiqadi. Shu jumladan, kompaniya Amerikaning SpaceX firmasiga raqib sanaladi.
“2027 yilda missiya suborbital bo‘ladi, ya’ni yo‘lovchilar kosmosga yetib boradi, ammo orbitaga chiqmaydi. Ular kosmosda taxminan 12 daqiqa bo‘ladi”, degan kompaniya.
Ma’lumot uchun, Xitoyning CAS Space kompaniyasi 2028 yilda may oyida mamlakatda kosmik turizm reyslarini boshlashini e’lon qildi. Pekin o‘zining ambitsiyali rasmiy kosmik dasturiga ega bo‘lib, 2030 yilgacha oyga ekipaj missiyasini rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi o‘rtalarida AQSHning Florida shtatidagi kosmodromdan SpaceX kompaniyasining Falcon raketasi Yupiterning 95 yo‘ldoshidan biri bo‘lgan – Yevropada hayot izlarini qidirish maqsadida Europa Clipper deb nomlangan kosmik stansiyani orbitaga chiqargandi. Kosmik kema 1,8 milliard mil masofadagi sayohatdan so‘ng 2030 yilda Yupiter orbitasiga kiradi va u yerda to‘rt yil davomida tadqiqotlar olib boradi. Europa Clipper olimlarga Yevropada hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan sharoitlar mavjudmi yoki yo‘qligini baholashga yordam beradi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr