Xitoy xakerlari AQSH Moliya vazirining kompyuterini buzib kirdi
Olam
−
17 yanvar 3712 1 daqiqa
Xitoyga aloqador xakerlar AQSH Moliya vaziri Janet Yellenning kompyuterini buzib kirdi. Bu haqda manbalariga tayanib, "Bloomberg" xabar berdi.
Qayd etilishicha, xakerlar Yellenning kompyuterida saqlanayotgan 50 dan ortiq faylni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, vazirning ikki yordamchisining ishchi kompyuterlari ham buzilgan. Ular, shuningdek, xorijiy investitsiyalarning xavfsizlikka ta’sirini ko‘rib chiquvchi AQSHdagi Xorijiy investitsiyalar qo‘mitasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham ko‘zdan kechirgan.
"Kiberjinoyatchilarni AQSH Moliya vazirligining sanksiyalar, razvedka va xalqaro ishlardagi roli qiziqtirgan ko‘rinadi. Ular vazirlikning elektron pochtasi yoki maxfiy tizimlariga kira olishmagan", deyiladi xabarda.
AQSH maxfiy xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Silk Typhoon va UNC5221 xakerlik guruhlari ushbu kiberhujumga aloqador.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil may oyida Xitoyga aloqador xakerlar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan ma’lumotlar bazasini buzib kirgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr