Xitoy Kanadadan olib kelingan mahsulotlarga boj solmoqchi
Olam
−
09 mart
3274Xitoy Savdo vazirligi Kanadadan import qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga 2,6 milliard dollar miqdorida boj joriy etganini e’lon qildi. Bu haqda “Biobiochile” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bojxona to‘lovlari joriy yilning 20 martidan kuchga kiradi.
Xitoy rasmiylariga ko‘ra, Kanadaning 2024 yildagi harakatlari Jahon savdo tashkiloti (WTO) qoidalarini buzgan va proteksionistik hamda kamsituvchi harakat sifatida baholanadi. Shu sababli, Xitoy o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun javob choralarini ko‘rishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Kanadadan import qilinadigan raps moyi, jomadon va no‘xat uchun 100 foizlik bojxona solig‘i belgilangan. Qolaversa, cho‘chqa go‘shti, baliq va dengiz mahsulotlari uchun 25 foiz boj joriy etilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning oktyabr oyida Kanada ham Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar kiritgan edi. O‘sha paytda Xitoydan olib kelingan barcha elektromobillar uchun 100 foiz boj joriy etildi. Po‘lat va alyuminiy mahsulotlariga esa 25 foiz boj belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksika tovarlariga nisbatan bojxona yig‘imlarini deyarli bir oyga kechiktirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.
LiveBarchasi