Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘liga Tojikiston ham qo‘shilmoqchi

Olam

image

Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim Xitoy Transport vaziri Lyu Vey bilan respublikaning Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasiga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston Transport vazirligi xabar berdi.

Uchrashuv 2 iyul kuni Xitoyning Tyantszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuvda Xitoy-Tojikiston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Turkiya-Yevropa multimodal koridorini yanada rivojlantirishda Xitoy Xalq Respublikasining ko‘magi hamda Tojikiston Respublikasining Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasiga qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi “Yangi Ipak yo‘li” transport tizimi doirasida Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali mazkur davlatlarning temir yo‘llarini Yevropa temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 27 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Jalolobod viloyatiga amaliy tashrifi davomida “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘lini qurish ishlarini boshlash marosimida ishtirok etgandi. Keng qamrovli mintaqaviy loyiha doirasidagi tamal tosh Jalolobod shahrining Tosh-Qutchi qishlog‘ida qo‘yilgan. Joriy yil 29 aprel kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘lining tunneli qurilishi boshlandi.

Marjona Murodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston O'zbekiston Xitoy Qirg'iziston temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing