XXR Injil va Qur’onni “xitoychalashtirmoqchi”

Olam

image

Xitoy Injil va Qur’onni qayta yozib, unga kommunistik qarashlarni ham singdirmoqchi. Bunday qaror mamlakatda diniy guruhlar ta’qibga olingan bir sharoitda qabul qilindi, deb yozmoqda “Daily Mail” nashri.

Xitoylik partiya amaldori ushbu ikki diniy kitobning “xitoychalashtirilgan” nashri Kommunistik partiya manfaatlariga zid qarashlardan holi bo‘lishini aytib o‘tgan. Shuningdek, senzurani noto‘g‘ri ekanini ta’kidlovchi qismlarga ham “tuzatishlar” kiritiladi.

Partiya Injil va Qur’on nomi aniq keltirilmagan, biroq “zamon talabiga javob bermaydigan mumtoz diniy kitoblarni har tomonlama qayta baholashga” chaqirgan.

Buyruq noyabr oyida, Xitoyning Etnik va diniy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida berilgan. Yig‘ilishda 16 nafar turli din vakillari bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etgan, deb xabar berdi “Sinxua”.

Fransuz nashri “Le Figaro”ning yozishicha, Xitoy xalq siyosiy anjumani raisi Van Yang diniy kuchlar XXR raisi Si Szinpinning ko‘rsatmalariga amal qilishi hamda turli dinlarning g‘oyalarini “zamon talabi” va “sotsializmning asosiy qadriyatlari”ga mos ravishda targ‘ib qilishi kerakligini ta’kidlagan.

U amaldorlarni Xitoyning o‘ziga xosliklari bilan  boyitilgan diniy tizim yaratishga chaqirgan. Xitoylik amaldorlar Vanning ko‘rsatmasini ma’qullagan va bu Xitoyning tarixiy tanlovi ekanini qo‘shimcha qilgan. Ular diniy kitoblarning “qayta baholanishi” favqulodda fikrlar va “bid’atchi g‘oyalar” mamlakatni qo‘porib yuborishining oldini oladi degan fikrda.

Uchrashuv Xitoyning diniy siyosati bir qancha Yevropa mamlakatlari tomonidan qattiq tanqid qilingach o‘tkazildi.

OAV Ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy hukumati musulmonlarni qayta tarbiyalash markazlarini boshqaradi. Bunday muassasa Sinszyan-Uyg‘ur muxtor viloyatining g‘arbida joylashgan. Jurnalistlar o‘tkazgan tadqiqotda bunday lagerlarda saqlanayotgan odamlar majburiy tartibda ushlab turilishi aytilgan. Rasmiy Pekin ham buni tasdiqlagan.

BMT mutaxassislari va faollari bir millionga yaqin musulmon uyg‘urlari va boshqa musulmonlar lagerda saqlanishini ta’kidlaydi.

Lagerning sobiq mahbuslari u yerda musulmonlarga cho‘chqa go‘shti yedirilishi va ona tilida gapirishi taqiqlanishini aytgan.

Dastlab Xitoy musulmonlarga shimoliy xitoy tili o‘rgatiladigan va ko‘p ishlashga majburlanadigan qayta tarbiyalash markazlari borligini rad qilardi. Ammo keyinroq bunday markazlar borligini tan olib, ular terrorchilikka qarshi kurash maqsadida ochilganini bildirgan.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri avvalari bu masala yuzasidan sukut saqlardi, ammo 23 dekbar, dushanba kuni tashkilot vakili Gen Shuan ba’zi OAVni Xitoyning Sinszyanda terrorchilik xavfining oldini olishga bo‘lgan harakatlarini susaytirishga urinishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Qur'on Injil

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing