Xitoy g‘alabaga yaqin – 25 mart kuni Xubeyda karantin bekor qilinadi
Olam
−
24 mart 2020
8742Xitoy hukumati 25 mart kuni Xubey provinsiyasiga kirish va chiqishga bo‘lgan cheklovni bekor qiladi. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat qo‘mitasining bugun, 24 mart kuni e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, 8 apreldan e’tiboran Uxandagi cheklovlar ham olib tashlanadi.
Hujjatga ko‘ra, ushbu qaror mintaqada epidemiologik vaziyat yaxshilanishi fonida qabul qilindi. “25 mart kuni soat 00:00 dan (24 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00) Xubey provinsiyasidagi yo‘llarda cheklovlar olib tashlanadi va kirish-chiqishdagi transport harakati tiklanadi. Uxan tumani bundan mustasno”, deyiladi ma’lumotda.
Shuningdek, 8 aprel kuni soat 00:00 dan (7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:00) Uxandagi tranzit yo‘llarida harakatlanish cheklovlari olib tashlanadi. Shaharga kirish-chiqish uchun transport aloqasi tiklanadi.
Xubey provinsiyasi va Uxanda 23 yanvarda karantin joriy etilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga 81405 nafar kishi chalindi. 73306 kishi shifo topgan bo‘lsa, infeksiya oqibatida 3277 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi