Xitoy Eronga yordam berishga tayyorlanmoqda – AQSH razvedkasi
Olam
−
09 mart 4849 2 daqiqa
AQSHda Xitoy Eronga moliyaviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, raketalar uchun ehtiyot qismlar va komponentlar yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mavjud. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib CNN xabar berdi.
“Xitoy o‘z qo‘llab-quvvatlashida ancha ehtiyotkor. U urush tugashini xohlaydi, chunki bu uning energiya ta’minotiga tahdid soladi”, deydi telekanal manbalaridan biri.
“The Washington Post” manbalariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi yaqin aloqalarga qaramay, Xitoy hozircha Eronga yordam bermayapti.
“Reuters” 5 mart kuni Xitoy Eron bilan Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tankerlari va Qatar suyultirilgan tabiiy gazi ortilgan kemalarning xavfsiz o‘tishini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan. Nashr manbalariga ko‘ra, o‘z neftining qariyb 45 foizini ushbu bo‘g‘oz orqali import qiladigan Pekin Tehrondan tankerlar uchun xavfsiz yo‘lak talab qilmoqda.
“The Washington Post” nashrining yozishicha, Rossiya Eronga Yaqin Sharq mamlakatlaridagi Amerika harbiy ob’ektlariga zarba berish uchun ma’lumotlar taqdim etmoqda. Nashr manbalariga ko‘ra, Rossiya tomonidan berilgan ma’lumotlar Amerika kemalari va samolyotlari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Rossiya yordami ko‘lami hozirgi bosqichda to‘liq aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset Rossiya Eronga AQSH qo‘shinlarining joylashuvi va harakatlari haqida razvedka ma’lumotlari berayotgani haqidagi xabarlarni izohlab, Vashington bu ma’lumotlarni tasdiqlamasligini, biroq vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani va zarur choralarni ko‘rayotganini aytdi.
Live
Barchasi