Xitoy Erondan husiylarni tiyib turishni so‘radi – “Reuters”

Olam

image

Xitoy Erondan Yamandagi husiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarini to‘xtatishda yordam so‘radi. Bu haqda Erondagi manbalariga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ularning aytishicha, Xitoy va Eron yaqinda Pekin va Tehronda bir necha uchrashuv o‘tkazib, Qizil dengizdagi savdo va hujumlarni muhokama qilgan. 

"Xitoy, agar uning manfaatlariga biron-bir tarzda zarar yetkazilsa, bu Tehron bilan savdo munosabatlariga ta’sir qilishini aytdi. Shuning uchun Eron husiylarga o‘zini tutishi uchun ta’sir o‘tkazishi kerak", deydi manba. 

Biroq, Tehron bilan savdo aloqalarining uzilishi yuzasidan aniq izoh berilmagan.

Qayd etilishicha, Qizil dengizdagi husiy hujumlari yuk tashish va sug‘urta xarajatlarining oshishiga olib kelgan va bu Xitoy foydalanadigan  Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo yo‘liga ta’sir qilgan.

G‘azo sektorida mojaro avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirishlarini va operatsiya o‘tkazilgunga qadar ular bilan bog‘liq kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga yo‘l qo‘ymasliklarini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar o‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan beri Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida 30 dan ortiq tinch aholi kemalariga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq amerikalik rasmiylarga tayanib, “Financial Times” nashri AQSH Xitoydan Eronni Qizil dengizdagi tijoriy kemalarga hujum qilayotgan husiylarga ta’sir o‘tkazishga undashni so‘ragani, ammo Pekindan arzirli javob bo‘lmaganini xabar qilgandi. Yamandagi husiylar vakili esa harakat Qizil dengizdagi Rossiya, Xitoy yoki Germaniya kemalariga hujum qilish niyatida emasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Xitoy Yaman husiylar Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made