Xitoy dunyodagi eng yirik GAESni ishga tushirdi

Olam

image

Xitoyda Fennin gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi (GAES) ishga tushirildi. Bu haqda “China Daily” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, GAES Xebey provinsiyasining Chende shahrida joylashgan. Xitoy elektr tarmoqlari kompaniyasining ma’lum qilishicha, bu dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. GAESning o‘rnatilgan quvvati 3,6 GVtni tashkil qiladi. Fennin yiliga 6,61 milliard kVt soat elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Mutasaddilar bu GAES yiliga 480,8 ming tonna shartli yoqilg‘idan (ko‘mir ekvivalentida) tejashga va uglerod oksidi chiqindilarini 1,2 million tonnaga qisqartirishga yordam beradi deb umid qilmoqda. Bu mamlakatning energiya samaradorligi hamda ekologik barqarorlik sohasidagi maqsadlariga erishishda salmoqli hissa qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy hukumati Tibet tog‘liklarining sharqiy qismida ulkan gidroelektrstansiyasini qurish loyihasini ma’qullagandi. GES Yarlung Sangpo daryosida barpo etiladi. Qurilish ishlari rejalashtirilgan daryo qismi 2 kilometrlik balandlik farqiga ega va uzunligi 50 kilometr bo‘lib, ulkan gidroenergetik salohiyatga ega. Yangi GESning to‘g‘oni dunyodagi eng yirik to‘g‘on bo‘ladi. U har yili 300 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu ayni paytda dunyodagi eng yirik GES hisoblangan Xitoydagi “Uch dara”dan uch baravar ko‘p degani. Yangi elektr stansiyasini mamlakatdagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri – Power Construction Corp of China quradi. Qurilishga jami sarmoyalar 1 trillion yuandan (137 milliard dollar) oshishi mumkinligi kutilmoqda. Bu esa ushbu GESni dunyodagi eng qimmat infratuzilma loyihasiga aylantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy GAES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing