Xitoy bozoridagi yong‘inda o‘nga yaqin odam halok bo‘ldi (video)
Olam
−
05 yanvar 5665 1 daqiqa
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi sabzavot bozorida yong‘in sodir bo‘lib, 8 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda kecha, 4 yanvar kuni “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Chjanszyakou shahrining Syaosi tumanida erta tongda sodir bo‘lgan.
“Yong‘in ertalab soat 8:40 atrofida sabzavot va boshqa zaruriy mahsulotlar sotiladigan bozorda sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlardan olingan kadrlardan ko‘rinib turibdiki, voqea sodir bo‘lgan hududdagi osmon quyuq tutunga to‘lgan va alanga bozordagi ko‘plab savdo rastalariga yoyilgan.
Aniqlik kiritilishicha, kuchli yong‘in bir soat ichida o‘chirilgan. Jabrlanganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘lgandi. Qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgandi.
Live
Barchasi