Xitoy bola tarbiyasi uchun dunyodagi eng qimmat mamlakat deb topildi

Olam

image

Xitoy demografik inqiroz kuchaygani, tug‘ilish darajasi keskin past bo‘lgani sabab, bola tarbiyasi uchun dunyodagi eng qimmat maskanga aylandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Xitoyning YuWa tadqiqot instituti tahliliga ko‘ra, tug‘ilgandan 17 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash uchun mamlakatda o‘rtacha xarajat taxminan 74,800 dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Xitoyda 18 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash xarajati mamlakatning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotidan 6,3 baravar yuqori – bu ko‘rsatkich uning Sharqiy Osiyodagi qo‘shnisi, dunyoda tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bolalarni tarbiyalash aholi jon boshiga YAIM 7,79 baravarni tashkil etishi xabar qilingan.

Taqqoslash uchun, Avstraliyada xarajat aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotdan atigi 2,08 baravar, Fransiyada 2,24 baravar, AQSHda 4,11 baravar va Yaponiyada 4,26 baravar ko‘p, bu esa uzoq vaqtdan beri tez qarish bilan kurashib kelayotgan Sharqiy Osiyoning yana bir mamlakatidir.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing