Xitoy arzon narxlar bilan Germaniya bozorini sindiryapti

Olam

image

Xitoy mahsulotlarining Germaniyaga importi yanvar–sentyabr oylarida keskin oshdi. Nemis ekspertlari Xitoy kompaniyalarini dampingda ayblab, Yevropa Ittifoqidan tariflar joriy etishni talab qilmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Federal statistika boshqarmasi (Visbaden) ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Germaniyaning Xitoydan importi 8,5 foizga oshib, 124,5 milliard yevroga yetgan.

Natijada Xitoy AQSHni ortda qoldirib, yana Germaniyaning eng yirik savdo sherigiga aylangan. Ikki davlat o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi — import va eksportni qo‘shganda — 185,9 milliard yevroni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Germaniyaning Xitoyga eksporti 12,3 foizga kamayib, 61,4 milliard yevroga tushdi.

2016 yildan 2023 yilgacha Xitoy Germaniyaning bosh savdo sherigi bo‘lib kelgan. 2024 yilda bu o‘rinni AQSH egallagan edi. Ammo joriy yil boshidan AQSH Prezidenti Donald Trampning tarif siyosati tufayli Germaniyaning Qo‘shma Shtatlarga eksporti qisqarib, umumiy savdo hajmi pasaydi.

Kyolndagi Germaniya Iqtisodiyot instituti ekspertlariga ko‘ra, AQSH bilan savdo urushi oqibatida Xitoy eksportining bir qismi Germaniya bozoriga yo‘naltirilmoqda. Shu bilan birga, Germaniyada Xitoy mahsulotlari narxi 2025 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga arzonlashgan. Xitoy yetkazib beruvchilari Germaniya bozoriga damping narxlarida kirishga urinmoqda.

Institut eksperti Yurgen Metys Bryusselni “adolatli raqobatni tiklash uchun” kompensatsiya bojlarini faolroq joriy etishga chaqirdi.

Tadqiqotga ko‘ra, ayniqsa Germaniya avtomobilsozlik sanoati Xitoydan kelayotgan arzon importdan jiddiy zarar ko‘rmoqda. 2025 yilning birinchi yarmida Xitoydan Germaniyaga gibrid avtomobillar importi 130 foizdan oshgan.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Xitoy arzon narx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing