Xitoy armiyasi jangovar shay holatga keltirildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi fonida Xitoy armiyasi jangovar tayyorgarlik holatiga keltirildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qarshi chora sifatida bir qator maqsadli harbiy chora-tadbirlarni amalga oshirishi xabar qilingan.

Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiylariga ko‘ra, mamlakat armiyasi davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qiladi, shuningdek, tashqi aralashuv hamda “Tayvan mustaqilligini” tashkil etish bo‘yicha behuda urinishlarning oldini oladi.

Bundan tashqari, Xitoy ommaviy axborot vositalari Xitoyning Su-35 qiruvchi samolyotlari Tayvan bo‘g‘ozini kesib o‘tayotgani haqida xabar tarqatdi. Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy samolyotlari chindan bo‘g‘ozni kesib o‘tgani, ammo ularning birortasi Su-35 qiruvchi samolyoti bo‘lmaganini ma’lum qildi.

“Global Times”ga ko‘ra, Xitoy armiyasi AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikerining orolga tashrifi fonida Tayvan atrofidagi oltita hududda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar 4 avgustdan 7 avgustga qadar o‘tkaziladi.

“Xitoy xalq ozodlik armiyasi payshanbadan yakshanbagacha Tayvan orolini o‘rab turgan oltita mintaqada muhim harbiy mashg‘ulotlar va o‘quv mashg‘ulotlari, jumladan, jonli otishma mashg‘ulotlarini o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Nensi Pelosi Tayvan'

Baholaganlar

1155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing