Xitoy AQSHning tahdidiga qat’iy qarshi chiqmoqchi

Olam

image

Pekin AQSHning Xitoydan import qilinadigan tovarlarga qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy etish tahdidiga qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Xitoy rasmiylarining aytishicha, agar Qo‘shma Shtatlar bu harakatlarni davom ettirishdan to‘xtamasa, Xitoy o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Rasmiy Pekin AQSHning harakatlarini e’tiborga olganini ta’kidlagan.

“Xitoy bir tomonlama qo‘shimcha tariflar joriy etilishi JST qoidalarini rad qilishi va ko‘p tomonlama savdo tizimini buzayotganini bir necha bor ta’kidlagan” deyiladi xabarda.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha eng qat’iy siyosatlardan biriga va huquqni muhofaza qilishning eng yuqori darajasiga ega. Xitoy AQSH bilan giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni faol boshlagani ham qo‘shimcha qilingan.

“Ammo Qo‘shma Shtatlar ob’ektiv faktlarni qayta-qayta e’tiborsiz qoldirib, avval ham xuddi shunday bahona bilan Xitoyga qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy qilgan va endi bundan ham ko‘proq bojlar kiritish bilan tahdid qilmoqda”, deydi Xitoy vakillari.

Ularning qayd etishicha, bunday xatti-harakatlar aybni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, bu amerikalik biznes egalari va iste’molchilarga yukni oshirishi va global ta’minot zanjirlari barqarorligiga putur yetkazishi mumkin.

Vakilning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy AQSH tomoni o‘z xatolarini takrorlamasligiga va tez orada teng muloqot orqali kelishmovchiliklarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘liga qaytishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoydan keltirilayotgan ayrim mahsulotlar uchun bojlar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Farmonda aytilishicha, boj undirilmaydigan Xitoy tovarlaridan endi bunday maqom olib tashlanadi, endilikda ularga ham 10 foizlik bojlar joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy boj Pekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing