Xitoy AQSHning 5 mingdan ortiq tovarlariga ustamalar belgiladi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi AQSH tovarlariga nisbatan bojxona tariflarini oshirdi. Bu AQSHning Xitoy tovarlariga nisbatan kiritgan 10 va 25 foizlik, 200 mlrd  dollar miqdordagi bojiga nisbatan javob bo‘ldi. 

Ma’lum bo‘lishicha AQSHning 2493 nomdagi mahsulotlari uchun 25 foiz, 1078 turdagi tovarlarga 20 foizlik ustamalar qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, 974 turdagi mahsulotlarga 10, to‘rtinchi guruhga kiruvchi 595 xil tovarga 5 foizlik ustamalar belgilandi.   

Joriy yilning 5 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp 10 may sanasidan Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga 25 foiz boj solinishi haqidagi xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Xitoydan AQSHga kiritilayotgan mahsulotlarning ilk 200 milliardlik qismiga 25 foizlik boj solig‘i solinadi. 200 mlrd.dan oshganiga 10 foizlik boj solig‘i solinadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh bojxona Xitoy

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing