Xitoy AQSHni Ukraina bo‘yicha tinch muloqot o‘rnatishga qarshilik qilishda aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyani xalqaro hamjamiyatdan ajratib qo‘yishga urinib, boshqa davlatlarning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha tinch muloqotni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda bugun, 24 mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.

“Xitoy Ukraina mojarosini siyosiy yo‘llar bilan hal qilishda konstruktiv rol o‘ynamoqda, ayni paytda Qo‘shma Shtatlar nafaqat olovga yog‘ quymoqda, balki boshqa davlatlarning tinch muloqotni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmoqda”, deydi u brifingda. 

Shuningdek, Mao Ning Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik hech qanday uchinchi tomonga qarshi emasligi, Pekin va Moskva ikki mamlakat xalqlari hamda butun dunyo manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlik qilayotganini qayd etgan. 

Uning ta’kidlashicha, Xitoydan farqli o‘laroq, Qo‘shma Shtatlar xalqaro maydonda o‘z gegemonligini ta’minlashga, alohida davlatlarni ta’qib va izolyatsiya qilishga harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 mart kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlarning Ukraina mojorosi atrofidagi harakatlariga qarshi ekanini, bu Rossiyaning Ukrainaga bosqinini osonlashtirayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kuchayishi fonida boshqa davlatlarning Moskvani yakkalab qo‘yish urinishlariga to‘sqinlik qilayotgan qadamlarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH rasmiylari Xitoy “ularni salbiy ko‘rinishda ko‘rsatish”ga, Vashington o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi turishini isbotlashga urinishidan xavotirda ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing