Xitoy AQSHni “dunyo tarixidagi eng jangovor davlat” deb atadi

Olam

image

Xitoy TIV Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Nizomining maqsad va tamoyillarini hamda xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlarini qo‘pol ravishda buzib, hamma yerda urushlar va sun’iy ravishda bo‘linishlarni keltirib chiqarganlikda ayblab, uni “dunyo tarixidagi eng jangari davlat” deb atadi. Bu haqda Xitoy TIV veb-saytida chop etilgan bayonotda aytilgan.

“Qo‘shma Shtatlar o‘z demokratiyasi oldida turgan turli muammolar va institutsional inqiroz haqida o‘ylab ko‘rmasdan, Amerika demokratiyaning global modeli va mayoqi ekanligiga ishonadi. Bunday takabburlik nafaqat Amerika demokratiyasi muammolarini yanada kuchaytiradi, balki boshqa mamlakatlarga zarar yetkazishda davom etadi”, deyiladi xabarda.

Manbada qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar o‘z demokratiyasida turli muammolarga duch kelgan bo‘lsada, buni oshkor qilmaydi, aksincha, Amerika demokratik qadriyatlarini dunyo bo‘ylab eksport qilishda davom etmoqda. Demokratiyani bahona qilib boshqa davlatlarga bosim o‘tkazish va o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Bu esa shaxsiy manfaatlarga yo‘l ochib beradi, xalqaro hamjamiyatdagi bo‘linishni va bloklar qarama-qarshiligini kuchaytiradi.

“Qo‘shma Shtatlar o‘z ichki qonunlarini xalqaro huquqdan ustun qo‘yadi va xalqaro qoidalarga mos keladigan pragmatik pozitsiyani egallaydi va agar ularga mos kelmaydigani mavjud bo‘lsa, shunchaki voz kechadi”, deya ta’kidlagan Xitoy TIV. 

Shuningdek, maqolada 1980 yillardan beri AQSH 17 ta muhim xalqaro tashkilot yoki kelishuvlardan, jumladan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi, JSST, UNESCO, Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi, Eron yadroviy muammosi bo‘yicha qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi, Qurol savdosi shartnomasidan chiqqani keltirilgan.

“Qo‘shma Shtatlar tashkil topganidan beri, 240 yildan ortiq vaqt davomida, bor-yo‘g‘i 16 yil davomida urush olib borgani yo‘q. Qo‘shma Shtatlarni ishonch bilan “dunyo tarixidagi eng jangovar mamlakat” deb atash mumkin. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin AQSH xorijdagi ko‘plab urushlarni, shu jumladan Koreya urushi, Vetnamdagi urush, Afg‘onistondagi urush va Iroqdagi urushlarda tinch aholining qurbonliklar va mulkiy zararlari, shuningdek, ulkan gumanitar falokatlarni qo‘zg‘atgan”, deya qo‘shimcha qilgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, XXR raisi Si Szinpinning bugun, 20 mart kuni Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. “Politico” AQSHga dushman mamlakatlar – Rossiya, Eron va Xitoy so‘ngi voqealar fonida birlashayotganini ma’lum qilgandi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing