Xitoy AQSHga Tayvanga nisbatan majburiyatlarini eslatdi
Olam
−
28 avgust
4628Qo‘shma Shtatlar Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishi va orol oldidagi majburiyatlarini bajarishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar "Tayvan mustaqilligi"ni qo‘llab-quvvatlamaslik, "yagona Xitoy" tamoyili va Xitoy-Amerika kommyunikesiga rioya qilish, Tayvanni qurollantirishni to‘xtatish va Xitoyni tinch yo‘l bilan birlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak", degan Tashqi ishlar vaziri Van I.
Ayni paytda Jeyk Sallivan Xitoyda bo‘lib turibdi va uning tashrifi 27-29 avgust kunlari davom etadi. Bu AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisining sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng Xitoyga ilk safari.
Ma’lumot uchun, Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lib, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, orol Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblanadi.
Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan yaqinlashdi. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQSHga sanksiya kiritgan edi.
LiveBarchasi