Xitoy AQSHga xavf tug‘diradigan atom suv osti kemasini namoyish qildi
Olam
−
30 Sentabr 2022
15958Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XOA) Harbiy-dengiz kuchlari kecha, 29 sentyabr kuni birinchi marta qit’alararo ballistik raketalarni tashishga qodir bo‘lgan 094A loyihasining eng ilg‘or strategik yadroviy suv osti kemasining videotasvirini namoyish etdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
Suv osti kemasi 2021 yil 23 aprelda ekspluatatsiyaga topshirilgan, bu XOA Harbiy-dengiz kuchlari tashkil etilganining 72 yilligini nishonlashga to‘g‘ri keldi. U 10 000 km dan ortiq parvoz masofasiga ega bo‘lgan eng yangi JL-3 qattiq yoqilg‘ili qit’alararo raketalarini tashishga qodir, bu esa Qo‘shma Shtatlardagi nishonlarni urish uchun yetarli.
Shu bilan birga, Xitoy 093 loyihasining ko‘p maqsadli yadro suv osti kemasining so‘nggi versiyasini namoyish etdi. Ikkala suv osti kemasi ham 16 oktyabrda ochilishi kerak bo‘lgan Xitoy Kommunistik partiyasining muhim 20-Qurultoyi oldidan Xitoy markaziy televideniyesida “Lyaonin” aviatashuvchisi ekipajining tayyorgarligi haqidagi reportajda ko‘rsatildi. Videoda 094A suv osti kemasi kapitani Chjan Syaopen ham ko‘rinish bergan, deb yozadi gazeta.
LiveBarchasi