Xitoy AQSH tovarlariga qo‘shimcha tariflarni to‘xtatadi
Olam
−
05 noyabr 2025 2157 1 daqiqa
Joriy yilning 10 noyabridan boshlab Xitoy AQSH tovarlariga qo‘shimcha 24 foizlik bojni bir yilga to‘xtatadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Moliya vazirligi xabar berdi.
Amerika tovarlariga qo‘shimcha 10% boj o‘z kuchida qoladi. Hujjatda ta’kidlanishicha, bu Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi hamda ikki mamlakat xalqlari uchun manfaatli bo‘ladi.
Qayd etish joiz, joriy yilning 30 oktyabr kuni Si Szinpin va Donald Tramp Janubiy Koreyada muzokara o‘tkazgandi. Amerika yetakchisi uchrashuvga 10 balldan 12 ball bergan. Uchrashuvdan so‘ng, u ba’zi tariflarni pasaytirgan, yangi savdo bitimini va Ukraina inqirozini Xitoy bilan birgalikda hal qilish bo‘yicha kelishuvni e’lon qilgan. Xitoy Raisi ham mamnun bo‘lgan va Tramp bilan har ikki davlat farovonligi uchun hamkorlikni davom ettirish niyatini bildirgan.
Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralardan so‘ng boj stavkalarini 10 foizgacha tushirayotganini ma’lum qilgandi. AQSH rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Si Szinpin “yaqinlashayotgan o‘limni to‘xtatish uchun barcha choralarni ko‘radi”, deb ishonmoqda. U bu orqali Xitoydan AQSHga fentanil eksporti bilan bog‘liq muammoni nazarda tutgan.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi