Xitoy AQSH tovarlariga 84 foizlik javob bojlari joriy qildi
Olam
−
09 aprel
4854Qo‘shma Shtatlar bilan savdo mojarosida Xitoy hukumati Amerika importiga ilgari kiritilgan 34 foizlik bojlardan tashqari, 50 foizlik yangi javob tariflarini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Xitoy Moliya vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, AQSHning barcha tovarlariga bojlar 10 apreldan jami 84 foiz miqdorida kuchga kiradi.
Savdo mojarosining kuchayishi
Bir kun avval AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha boj joriy etilishini e’lon qildi. Ular 9 apreldan, avvalroq e’lon qilingan 34 foizlik tariflar bilan bir vaqtda kuchga kirdi. Amaldagi tariflar bilan birgalikda Xitoyning AQSHga import qilinadigan maxsus savdo bojlarining umumiy miqdori shu tariqa 104 foizni tashkil etadi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Tramp Pekindan qo‘ng‘iroqni kutayotganini va “Xitoy qo‘lini cho‘zganda mehribon bo‘lishga” va’da berganini aytdi.
Shu bilan birga, bir kun avval Amerika Prezidenti Xitoy bilan tarif masalalari bo‘yicha keyingi muzokaralarni istisno qilgan edi.
Trampning xatti-harakatlari butun dunyodagi siyosatchilar va iqtisodchilarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi va birjalar savdo mojarosiga indekslarning sezilarli pasayishi bilan javob berdi. Bundan tashqari, neft narxi keskin tushib ketdi. Iste’mol narxlari ham butun dunyo bo‘ylab ko‘tarilishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi kutilmoqda.
DPA agentligining yozishicha, Trampning dunyoning aksariyat mamlakatlariga yangi savdo tariflarini joriy etish qarori uning savdo siyosatidagi eng tajovuzkor va keng ko‘lamli qadam bo‘ldi.
LiveBarchasi