Xitoy AQSH bilan urushga tayyorlanmoqda – “The Telegraph”
Olam
−
21 Sentabr 2023 12628 2 daqiqa
Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan urushga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda AQSHning avvalgi prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton “The Telegraph” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
U AQSH harbiy-havo kuchlari kotibi Frenk Kendallning Xitoy tahdidi haqida so‘zlagan so‘nggi bayonotiga e’tibor qaratgan.
“Razvedka ma’lumotlarida balki biroz aniqlik yetishmas. Ularning asl niyati nima ekanligini ayta olmayman. Lekin Xitoy urushga, xususan, AQSH bilan urushga tayyorlanayotgani rost”, deydi Kendall.
Boltonning so‘zlariga ko‘ra, Kendallning nutqi Pekin global G‘arbga tahdid solayotgan Amerikaning ikki partiyaviy konsensusini to‘g‘ri aks ettiradi.
“Bu tahdid harbiy ishlar bilan cheklanib qolmaydi, balki siyosat va iqtisodga ham taalluqlidir. Oxirgi o‘n yil ichida biz bu tahdidni turli ko‘rinishda tan oldik. Ko‘p hollarda biz hujum ko‘lamini yetarlicha baholamadik”, deydi Bolton.
Oq uy sobiq maslahatchisini xavotirga solayotgan tahdidlar qatorida Yevropaning Xitoy bozoriga qaramligining kuchayishi ham bor. Boltonning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaramlik Rossiya neft va gaziga nisbatan ham kattaroq bo‘lishi mumkin.
“Haqiqat shundaki, Xitoy o‘nlab yillar davomida G‘arbga qarshi iqtisodiy urush olib bormoqda: intellektual mulkni o‘g‘irlash, G‘arbning ochiqligidan foydalangan holda muhim ichki bozorlarini xorijiy raqobatdan ajratib qo‘yish, shular jumlasidandir”, deydi Bolton.
Trampning sobiq maslahatchisi vaziyatdan chiqish yo‘li Xitoyga nisbatan “erkin jamiyatlar” harakatlarining umumiy strategiyasini yaratish, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, u Xitoy bilan hamkorlik tarafdori bo‘lgan siyosatchilar va tadbirkorlarni tanqid qiladi.
Live
Barchasi