Xitoy 5 kunda 1,5 ming o‘rinli COVID-19 shifoxonasini qurdi
Olam
−
17 yanvar 2021
8515Xitoy Hukumati koronavirusning yangi turi bilan kasallanganlar uchun vaqtinchalik shifoxonalar qurishni qayta boshladi va so‘nggi besh kunda mamlakat shimolidagi Xebey provinsiyasida 1,5 ming palatali ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasini qurib bitirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxona Nangun shahrida joylashgan, u yerga qo‘shni hududlardan ham bemorlar olib kelinadi. Yaqin vaqtlarda Hukumat jami 6,5 ming maxsus xonasi bo‘lgan yana oltita shunday ob’ekt qurishni reja qilgan.
Standart xonaning maydoni 18 kv m.ni tashkil qiladi. Har bir xona yaxshi shamollatiladi va isitiladi. Shuningdek, internetga ulanish imkoniyati va hammom ham bor.
Shu bilan birga, Xebeyning ma’muriy markazi Shitszyachjuan shahrida 3 ming palatali analogik tibbiyot markazi barpo etilmoqda.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda so‘nggi ikki hafta ichida koronavirus tarqalishi kuzatilgan. Ayni paytda mintaqadagi shifoxonalarda 850 ga yaqin bemorlar bor.
LiveBarchasi