Xitoy 2027 yilgacha Tayvanni egallamoqchi – AQSH razvedkasi

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin o‘z harbiylariga 2027 yilgacha Tayvan ustidan harbiy nazorat o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan. Bu haqda CNN jurnalisti Anna Kabrera AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbari o‘rinbosariga asoslanib xabar berdi.

Shu bilan birga, Amerika razvedkasi Xitoy rahbariyati bu masalada yakuniy qarorga kelganiga ishonmaydi.

Joriy yilning 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Bu esa Pekinning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi va bunga javoban orol atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. 

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshí  (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lib, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar, jumladan, Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, orol Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblanadi. 

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan o‘rnatdi. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taypey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR hukumatining noroziligiga sabab bo‘ldi. 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga tashrifi ortidan Tayvan bo‘g‘ozi mintaqasidagi keskinlik jiddiy ravishda avj oldi, bu esa Pekinning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing