Xitoy 18 yoshga to‘lmaganlarga mobil internetdan foydalanishni cheklamoqchi

Olam

image

Xitoy hukumati voyaga yetmaganlar uchun mobil internetga ulangan smartfonlardan foydalanishni cheklaydi. Bu haqda mamlakat Internet-axborot davlat departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 18 yoshgacha bo‘lgan Xitoy aholisiga soat 22:00 dan 06:00 gacha mobil internetga kirish taqiqlanadi. Sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga atigi 40 daqiqa smartfondan foydalanishga ruxsat beriladi. 16-17 yoshli o‘smirlarga esa faqatgina smartfonlardan maksimal ikki soat foydalanishga ruxsat beriladigan bo‘ldi.

Departament tomonidan tasdiqlangan tegishli qoidalar 2023 yil 2 sentyabrdan kuchga kirishi belgilangan.

Tushuntirilishicha, innovatsiyalar xitoyliklarning yosh avlodi orasida internetga qaramlik darajasini pasaytirish va qulay tarmoq muhitini yaratish uchun mo‘ljallangan.

Cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish mas’uliyati mobil internetni va bolalar smartfonlaridagi individual ilovalarni yoqish va o‘chirish imkonini beruvchi aqlli terminallarga ega bo‘lgan ota-onalarga yuklanadi.  Departament press-relizida aqlli terminallar turli chetlab o‘tish usullaridan himoyalangan bo‘lishi kerakligi aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy hukumati 2021 yildayoq bolalar va o‘smirlarning video o‘yinlarga kirishini cheklab qo‘ygandi. Keyin faqat dam olish kunlari soat 15:00 gacha o‘ynashga ruxsat beruvchi normalar joriy etildi.

Bundan tashqari, Douyin portali (TikTok’ning xitoycha versiyasi) ma’muriyati Xitoy Kommunistik partiyasi talabiga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun cheklovlar joriy qildi. Endi ular ilovada 40 daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkaza olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing