Xitoy harbiy xarajatlarida maxfiysi bormi?

Olam

image

Xitoy har yili BMTga o‘zining harbiy xarajatlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi. Shu bois XXRda maxfiy harbiy xarajatlar yo‘q. Bu haqda bugun, 21 may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi Chjan Yesuy ma’lum qildi.  

"XXR byudjeti to‘g‘risida" gi qonunga binoan har yilgi mudofaa byudjeti loyihasi Vakillar kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 2007 yildan beri Xitoy har yili BMTga o‘zining harbiy harajatlari, mablag‘larning qayerdan kelib chiqishi va qanday ishlatilishi haqida hisobot berib kelmoqda", dedi Chjan Yesuy.

Uning ta’kidlashicha, "Xitoyda maxfiy harbiy xarajatlar mavjud emas".

Ma’lumot o‘rnida, 22 may kuni Pekinda koronavirus epidemiyasi tufayli ikki oyga qoldirilgan Butunxitoy xalq vakillari kengashining yillik sessiyasi ochiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing