Xitoy hindistonlik asirlarni qo‘yib yubordi

Olam

image

Xitoy uch kun oldin chegaradagi to‘qnashuvlar paytida qo‘lga olingan o‘n nafar hind askarini ozod qildi. Bu haqda xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib, “Hindu” gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, hind asirlari kecha, 18 iyun kuni kechqurun Hindiston va Xitoyning harbiy qo‘mondonligi vakillari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Mahbuslar, shu jumladan, podpolkovnik va uch mayor ham xavfsiz va sog‘-salomat qaytib keldi, deb yozadi gazeta. Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, hind harbiylaridan hech biri bedarak yo‘qolmagan.

15 iyun kuni kuni kechqurun Galvan vodiysida Hindiston va Xitoy harbiy kuchlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyatlarning yangi bosqichi boshlandi. Hindiston armiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ladakxning Galvan vodiysida Xitoy harbiylari bilan to‘qnashuvda bir ofitser va ikki hind askari halok bo‘lgan.

Keyinchalik ANI agentligining xabar berishicha, Hindiston tomonidan 20 askar o‘ldirilgan, Xitoy tomonidan 43 kishi yaralangan, ular orasida o‘lik va og‘ir yaradorlar ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing