XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming “ko‘ki”ga sotayotganlar ushlandi

Olam

image

XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 000 AQSH dollariga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Fuqarolar – J.A. va A.J. o‘zaro til biriktirib, XIX asr oxiriga oid madaniy boylikka taalluqli hisoblangan “PETRU BOGDANOVU 1899” yozuvli vazni 61,69 gramm bo‘lgan qadimiy oltin tangani fuqaro A.Ye.ga 100 000 AQSH dollariga sotayotgani aniqlangan. Ular tangani sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

"Mazkur holat  yuzasidan Jinoyat kodeksining  177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

oltin tanga AQSh dollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing