Xersonda kechayu kunduz komendantlik soati e’lon qilindi
Olam
−
04 noyabr 2022 7498 1 daqiqa
Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson shahrida kechayu kunduz komendantlik soati joriy etildi. Bu haqda viloyatning okkupatsion ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov videomurojaatida ma’lum qildi.
“Xerson shahrida komendantlik soati e’lon qilindi, u 24 soat – kechayu-kunduz davom etadi. Faqat shahrimizni himoya qilishimiz uchun”, degan u.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin shahar aholisini urush zonasidan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
Stremousov bir kun avval keyingi bir yarim-ikki hafta ichida frontning bu qismida to‘qnashuvlar kuchayishi mumkinligini aytgandi. Shu bilan birga, hozirgacha Ukraina Qurolli Kuchlarining mudofaa chizig‘ini buzib o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlari qaytarilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr