Xersonda favqulodda holat joriy etildi

Olam

image

Ukrainaning Xerson viloyatida Kaxovka gidroelektr stansiyasining ishdan chiqishi munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi. 

“Xerson viloyatida “favqulodda vaziyat” ish rejimi joriy etildi”, degan agentlik manbasi.

Bildirilishicha, bundan oldinroq viloyatning Novokaxovka tumanida favqulodda holat joriy etilgan.

Aytish joizki, Kaxovka GESining vayron qilinishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki stansiyadagi portlash oqibatida u yerdagi mashina moyi suvga oqib ketgan. Hozirda aholi yashash punktlari suv ostida qolmoqda. Ukraina va Rossiya esa bir birini ayblashda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ham Kaxovka GESining portlatilishi muhokama qilingandi. Unda Rossiya va Ukraina vakillari bir birlarining hukumatlarini mazkur vayronagarchilikda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Xerson Kaxovka GESi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing