Xavotirli Diamond Princess karantindan chiqarildi
Olam
−
25 mart 2020
5199Amerikaning Diamond Princess laynerida dezinfeksiya ishlari yakunlandi. Ushbu laynerda ko‘plab odamlar koronavirusga chalingan va yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolari halok bo‘lgan edi. Kema bugun, 25 mart kuni karantinda bo‘lgan Yaponiyaning Yokogama portini tark etadi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda.
Diamond Princess Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy va Yaponiya dengizlarini aylanib chiqqan edi. Yo‘lovchilardagi koronavirusga chalinish holati ilk bor Gonkong qirg‘oqlariga tushgan xitoylikda aniqlandi. Shundan so‘ng, layner 4 fevral kuni Yokogamada karantinga olindi. Uning bortida 3700 ga yaqin yo‘lovchi va ekipaj a’zosi bor edi. 712 nafar yo‘lovchida koronavirus aniqlandi, 10 nafar bemor Yaponiya kasalxonalarida vafot etdi. Ayni damda laynerda bo‘lgan 10 nafar bemor yo‘lovchi kasalxonalarda qolmoqda.
Infeksiya yuqtirmagan yo‘lovchilar karantindan keyin kemani tark etdi, evakuatsiya 1 martda yakunlandi. Shundan so‘ng, kema zararsizlantirildi, uning muvaffaqiyatli yakunlanishi bugun, 25 mart kuni Yaponiyaning karantin idoralari tomonidan tasdiqlandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15