“Diamond Princess” kruiz kemasida yana 88 kishi koronavirusga chalindi

Olam

image

“Diamond Princess” kruiz kemasida koronavirus aniqlangani, shu bois Yaponiyaning Yokogama portiga ipsiz bog‘langani, 5 fevral kuni kemada ikki haftalik karantin e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. 

“Diamond Princess”da koronavirusga chalinganlar soni 542 nafarga yetgan. Virus yana 88 kishida aniqlangan. Bu haqda Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi bugun, 18 fevral kuni ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, kasallanganlarning 65 nafarida hozirda isitma yoki yo‘tal kabi alomatlar ko‘zga tashlanmagan.  

Kecha, 17 fevral kuni kema bortida bo‘lgan Rossiya fuqarosi ham ushbu virusni yuqtirib olgani va bu Rossiya bilan bog‘liq ilk holat ekani xabar qilingan edi. 

“Diamond Princess” kruiz kemasi  joriy yilning 20 yanvar kuni Yokogamadan yo‘lga chiqib, 3 fevral kuni qaytib keldi. Yo‘lovchilar orasida koronavirusni yuqtirib olgan Xitoy fuqarosi ham bo‘lgan. U 25 yanvar kuni Gonkongda tushib qolgan. 

Kemada jami 3,7 ming atrofida odam bor edi. 

Ayni vaqtda koronavirusni yuqtirganlar 73,424 nafarni, o‘lim holatlari 1874 tani, tuzalganlar soni esa 13044 kishini tashkil etmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Diamond Princess

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing