Diamond Princess’ning to‘rtinchi yo‘lovchisi koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

Yaponiyada Diamond Princess kruizining to‘rtinchi yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqida mamlakat jamoatchilik televideniyesi xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, olamdan o‘tgan shaxsning yoshi 80 da bo‘lib, u shifoxonada ko‘z yumgan.

Ma’lum qilinishicha, kruizda jami bo‘lib 691 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 

Diamond Princess layneri gonkonglik yo‘lovchida koronavirus aniqlanganidan so‘ng, 5 fevral kuni karantinga olingan edi. Bortda jami 3 700 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ikki hafta ichida 600 yo‘lovchida virus borligi aniqlangan. Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining ta’kidlashicha, ba’zi bemorlarda kasallik belgilari yo‘q, boshqalarida esa kichik alomatlar mavjud.  
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Diamond Princess

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing