Xavisiz biz chempion bo‘la olmasdik – Yamal

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal kataloniyaliklarning La Ligadagi chempionligining asosiy sababchisi sobiq murabbiy Xavi ekanligini aytdi.

“Xavi bo‘lmaganida bularning barchasi amalga oshmagan bo‘lardi. Kerak bo‘lsa, “Barselona” chempionlikni qo‘lga kirita olmasdi. Chunki Xavi men va men kabi yosh iqtidorlarni sinab ko‘rishdan qochmadi. Buning uchun unga minnatdorlik bildiraman”, deydi Yamal.

Ma’lumot o‘rnida, Lamin Yamal joriy mavsum “Barselona” safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 25 ta assist amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 17 yoshli futbolchining qiymatini 180 million yevroga baholagan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 15 mayga o‘tar kechasi Ispaniya La Ligasi 36-turida “Espanol”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 28-marta chempionga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing