Xavining “Barselona”dagi kelajagiga aniqlik kiritildi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmagani uchun bosh murabbiy Xavini ishdan bo‘shatish niyatida emas. Bu haqda COPE nashrining Twitter'dagi sahifasida xabar berildi.

Manba xabariga ko‘ra, Xavi “Barselona”dan ketmaydi. Klub kelajakda muvaffaqiyatlarga erishishni maqsad qilgan va jamoa ispaniyalik mutaxassis murabbiyligida to‘p surishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” YeCHL 5-turida “Bavariya”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Avvalroq, “Inter” “Viktoriya”ni mag‘lub etib, kataloniyaliklarni turnirning pley-off yo‘llanmasidan mahrum qilgandi. “Barselona” Xavi qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi marta YeCHLning pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Bahorda jamoa Yevropa ligasidagi ishtirokini boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Xavi Kataloniya klubini 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing