Xavidan yurish: u “Barselona”ga sobiq jamoadoshini olib kelmoqchi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi klub muammolarini hal qilish uchun harakatlarni boshladi. U jamoaga raqib darvozasi tomon xavf soladigan futbolchilar ko‘proq kerakligini biladi va shu bois “Al-Sadd”ning jazoirlik hujumchisi Bag‘dod Buneyja Kataloniyaga olib kelishdan manfaatdor. Bu haqda Ispaniyaning “Sport” nashri xabar berdi.

Xavi forvardning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Chunki u bilan Qatar klubi safida 4 yil birga o‘ynadi, shundan so‘ng, murabbiy sifatida ham ikki yil Bag‘dodga ustozlik qildi.

Buneyja 2015 yildan beri “Al-Sadd” sharafini himoya qilib keladi. Bu vaqt ichida u Qatar chempionatida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 128 ta gol urgan. U o‘tgan mavsumda eng yaxshi to‘purar bo‘lgan va bu mavsumda 705 daqiqa maydonda harakat qilib, 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” hujumchi tanqisligiga duch kelgan. Serxio Agueroning faoliyati yakunlandi, Martin Breytueyt va Ansu Fati jarohatlari tufayli “Barselona” hujumida muammolar ko‘zga tashlanyapti. Biroq jamoa qishki transfer oynasida ko‘p mablag‘ sarflay olmaydi. Bu miqdor 10 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Al-Sadd Qatar Bag'dod Buneyja

Baholaganlar

317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing