Xavi yana bir mavsum “Barselona”da qolishi mumkin
Sport
−
22 aprel
1890“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubida 2025 yilgacha qolishga tayyor. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yaqin vaqt ichida mutaxassis klub prezidenti Joan Laporta va “ko‘k-anorranglilar”ning sport direktori Deku bilan uchrashib, hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qiladi.
Qayd etish joiz, yanvar oyi oxirida Xavi joriy mavsum oxirida “Barselona”ni tark etishini e’lon qilgan edi.
Shu bilan birga, mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Xavining o‘zi ham birdan-bir to‘g‘ri qaror qabul qilganini va uni o‘zgartirmoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Ispaniyalik murabbiy 2021 yildan buyon Kataloniya klubini boshqarib kelmoqda.
LiveBarchasi