Xavi o‘z antirekordini yangiladi

Sport

image

Xavi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) guruhlaridagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha “Barselona”ning antirekordini takrorladi.

Kataloniyaliklar 8 noyabrga o‘tar kechasi YeCHL guruh bosqichining 4-turida Ukrainaning “Shaxtyor” klubiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Ispaniyalik mutaxassis qo‘li ostida bungacha jamoa musobaqa guruh bosqichida “Bavariya” (0:3, 0:2 va 0:3) va “Inter”ga (0:1) mag‘lub bo‘lgandi.

4-turdan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” “H” guruhida 9 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Portugaliyaning “Portu” jamoasi hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud. Belgiyaning “Antperven” klubi esa 4 ta turda ham ochko ololmay, musobaqa bilan xayrlashadigan bo‘ldi. “Shaxtyor” hisobida 6 ochko bor. Donetskliklar pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatga ega.  

Xavi “Barselona”ni 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing