Xavi Mourinoni o‘rnini egallashi mumkin

Sport

image
“Barselona” jamoasining sobiq murabbiyi Xavi Joze Mourino ketganidan so‘ng, Portugaliyaning “Benfika” klubi bosh murabbiyi bo‘lishga da’vogarlar qatoriga kirdi. Bu haqda “Record” xabar berdi.

Avvalroq, Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida Mourino mavsum oxirida “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabar bergan edi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgani va hujjatlar imzolanishi kutilayotgani aytilmoqda. Portugaliyalik murabbiy bilan shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan.

Ma’lum qilinishicha, Mourino joriy yilning 23 may kuni La Liganing 38-turidan o‘rin olgan “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yindan keyin Madridga yetib boradi. U yangi lavozimidagi ishini joriy mavsum tugagach boshlaydi.

Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, “Benfika” rahbariyati Angliyaning “Bornmut” klubini mavsum yakunida tark etadigan Andoni Iraola hamda so‘nggi ish joyi Italiyaning “Yuventus” klubi bo‘lgan Tiagu Motta nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Xavi 2021 yildan 2024 yilgacha “Barselona”ni boshqargan. U jamoani 2022-2023 yilgi mavsumda Ispaniya chempionligiga va 2023 yilda Superkubok g‘olibligiga olib chiqqan.

Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Xavi “Benfika”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing