Xavi “Man Siti” hujumchisini sotib olmoqchi

Sport

image

“Barselona” “Manchester Siti” vingeri Ferran Torresning transferi ustida ishlashda davom etmoqda. Bu haqda jurnalist-insayder Jerar Romero xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, belgilangan maosh esa “shaharliklar” safida olayotganidan kamroq miqdorda belgilangan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, Kelishuv amalga oshishi ehtimoli yuqori. Torresning o‘zi ham “Siti” rahbariyatidan “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar”ning jarohat olgan vingeri Ansu Fati joriy yilning 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuviga qadar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Ferran “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazgan va 3 ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Ferran Torres Man Siti

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing