Xavi La Liganing 2 ta o‘yinida “Barselona”ga ustozlik qila olmaydi
Sport
−
19 mart 2024 3430 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
17 mart kuni “Barselona” La Liganing 29-turidan o‘rin olgan o‘yinda safarda “Atletiko” bilan bahs olib bordi. 41-daqiqada Xavi epizodlardan biriga emotsional munosabat bildirdi, buning uchun bosh hakam Xose Sanches Martinesdan sariq kartochka oldi. “Barselona” ustozi hakam bilan bahslashishda davom etdi, buning uchun unga ikkinchi sariq, keyin esa qizil kartochka ko‘rsatildi.
Uchrashuvning o‘zi kataloniyaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Xavi “Las-Palmas” (30 mart) va “Kadis” (13 aprel) bilan La Liga o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Live
Barchasi