Xavi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
28 fevral
1389Italiyaning “Milan” klubi kelasi mavsum uchun bosh murabbiy izlamoqda. Paulo Fonseka yomon natijalar tufayli ishdan bo‘shatildi va uning o‘rniga kelgan Serxio Konseysao umidli start olib, Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Ammo keyingi voqealar ko‘rsatganidek, jamoaning muammolari to‘liq hal etilmadi va shuning uchun “San-Siro” egalari murabbiylik postiga ispaniyalik Xavini olib kelish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Konseysao “rossonerilar”ni boshqarishda davom etishi uchun o‘z natijalarini sezilarli darajada yaxshilashi kerak bo‘ladi. Klubda direktorlar kengashiga ancha ishonarliroq ko‘rinadigan nomzod allaqachon ko‘zda tutilgan. Bu Xavi Ernandes, u deyarli bir yil oldin “Barselona”dan ketganidan keyin hamon ishsiz.
O‘z navbatida 45 yoshli Xavi ham “rossonerilar”ni murabbiy sifatida boshqarish variantini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, A Seriyaning ortda qolgan 26 ta turidan keyin “Milan” 41 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Jamoani Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rindan 8 ochko ajratib turibdi. Chempionat yakunlanishiga esa 12 ta tur qoldi.
LiveBarchasi