Xavi “Barselona”ning imkoniyatlarini baholadi

Sport 1794
image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionati doirasidagi durang natija bilan yakunlangan “Osasuna”ga qarshi o‘yin (2:2) haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning fikricha, u jamoasi g‘alaba qozona olmaganidan norozi.

“Bir ochko kamlik qiladi, juda yoqimsiz. Ikkinchi goldan so‘ng, to‘pni nazorat qilishimiz kerak edi, ammo buni uddalay olmadik. Sovuqqonlik bilan harakat qilmaganimiz uchun, “Osasuna” bizni jazolashga muvaffaq bo‘ldi. Vazifamiz – raqobatni davom ettirish. Chempionatning kuchli to‘rtligiga kirmoqchimiz, ammo bu oson bo‘lmaydi”, deydi Xavi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Ispaniya La ligasi turnir jadvalida 17 o‘yindan so‘ng, 24 ochko jamg‘argan holda 8-o‘rinda bormoqda.
 

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 24
Reyting: 3.1
Teglar
t
×