Xavi “Barselona” murabbiyi sifatida tanishtirildi

Sport

image

“Barselona”ning afsonaviy futbolchisi Xavi Ernandes Kataloniya klubi bosh murabbiyiga aylandi.

Bugun, 8 noyabr kuni 41 yoshli mutaxassisning “ko‘k-anorranglilar”  bilan rasman shartnoma imzoladi. 
Xavining tanishtiruv marosimi muhtasham “Kamp Nou” stadionila bo‘lib o‘tdi va mutaxassis Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta bilan birga muxlislar qarshisiga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi 1998 yildan 2015 yilgacha “Barselona” futbolchisi sifatida o‘ynagan. U kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shundan so‘ng, ispaniyalik sobiq futbolchi Qatarning “Al-Sadd” jamoasi safida to‘p tepdi. Keyinchalik, u yerda futbolchilik faoliyatini yakunlab, bosh murabbiy sifatida ish boshladi. 

Ernandes Qatar klubi ustozi sifatida:

  • Qatar yulduzlar ligasi (2021)
  • Qatar kubogi (2020, 2021)
  • Qatar Superkubogi (2019)
  • Qatar Amiri kubogi (2020, 2021)                                                         
  • Qatar yulduzlari kubogi (2019)

Oldinroq Xavi “Barselona” bilan 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Ayni damda Kataloniya klubi Ispaniya La ligasi turnir jadvalida 12 o‘yinda 17 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Al-Sadd Kamp Nou Laporta

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing