Xavi “Barselona”dan ketdi

Sport

image

Bugun, 24 may kuni “Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shaxsan klub prezidenti Joan Laporta Xavini ishdan bo‘shatilganini e’lon qilgan.

“Barselona"ni katta ehtimol bilan Germaniya terma jamoasi va “Bavariya”ning germaniyalik sobiq ustozi Xans-Diter Flik boshqaradi. Kataloniya klubi u bilan ikki yillik shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” mavsum yakuniga qadar 82 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni egalladi. Jamoa La Liganing so‘nggi turida “Sevilya” bilan to‘qnash keladi. Ispaniya kubogida Xavi shogirdlari turnirning yakuniy g‘olibi Bilbaoning “Atletik” klubiga imkoniyatni boy berib, 1/4 final bosqichida to‘xtadi. Yevropa Chempionlar ligasida kataloniyaliklar chorak finalda Fransiyaning PSJ jamoasiga umumiy hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ispaniya Superkubogi finalida esa azaliy raqibi “Real”ga  yutqazdi (1:4).


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing