Xavi “Barselona”dan ketadimi?

Sport

image

“Barselona” rahbariyati ispaniyalik mutaxassis Xavining Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda “Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” Xavini iste’foga chiqarmaydi. Murabbiy jamoa bilan kamida 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ishlaydi.

Qayd etish joiz, 25 yanvar kuni Ispaniya kubogining chorak final uchrashuvida “Atletik” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi. Bilbaodagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning qo‘shimcha vaqtda 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Xavi shogirdlari qo‘shimcha vaqtda ikki bor gol o‘tkazib yubordi va turnirdagi ishtirokini yakunladi. Undan avval esa jamoa Ispaniya superkubogi finalida “Real”ga imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing