Xavi “Barselona”da qolishi mumkin
Sport
−
20 mart
3288“Barselona” bosh murabbiyi Xavi keyingi mavsumda ham Kataloniya klubida qolishi mumkin. Bu haqda COPE xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugungi kunda “Barselona”da hech kim murabbiyning yaqin orada ketishini 100 foiz hal qilingan, deb hisoblamaydi. Klub ichidagilar ispaniyalik murabbiy yangi mavsumda ham faoliyatini Kataloniyada davom ettirishiga qarshi emas.
Qayd etish joiz, Xavi yanvar oyi oxirida Ispaniya chempionatining 22-turida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda 3:5 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng ketish qarorini elon qildi. Mutaxassis klubga rivojlanishning boshqa yo‘nalishi kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” yozgi o‘quv-yig‘in doirasida azaliy raqibi Madridning “Real” klubi bilan bahs olib borishi xabar qilingandi.
Jamoalar Amerikada o‘zaro to‘qnash keladi.
LiveBarchasi